EvropaGo

EvropaGo โ€บ Yevropa ish saytlari ยท ะ ัƒััะบะฐั ะฒะตั€ัะธั

Yevropa ish saytlari 2026: rasmiy va bepul

Yevropada ishni vositachisiz, rasmiy saytlar orqali topish mumkin. Quyida bepul ish saytlari va qaysi davlatda qanday rasmiy portal borligi. To'liq ro'yxat va havolalar โ€” EvropaGo ilovasida.

Tekshirilgan sana: 2026-yil 28-oktabr

Barcha davlatlar uchun: bepul va rasmiy

Davlatlar bo'yicha rasmiy bandlik portallari

Saytlar nomi, havolasi va har biridan qanday foydalanish bo'yicha qadam-baqadam qo'llanma โ€” EvropaGo ilovasida (jami 70 ta tekshirilgan sayt, 40 tasi rasmiy portal).

Ro'yxatni ilovada ochish โ†’

Saytda ish topgach nima qilinadi

Ish beruvchini tekshiring

Shartnoma imzolashdan oldin firmani o'sha davlatning rasmiy kompaniyalar reyestrida qidiring:
๐Ÿ‡ฉ๐Ÿ‡ช handelsregister.de ยท ๐Ÿ‡ต๐Ÿ‡ฑ ekrs.ms.gov.pl ยท ๐Ÿ‡จ๐Ÿ‡ฟ or.justice.cz ยท ๐Ÿ‡ญ๐Ÿ‡ท sudreg.pravosudje.hr ยท ๐Ÿ‡ธ๐Ÿ‡ฐ orsr.sk ยท ๐Ÿ‡ฎ๐Ÿ‡น italianbusinessregister.it ยท ๐Ÿ‡ง๐Ÿ‡ฌ portal.registryagency.bg ยท ๐Ÿ‡ท๐Ÿ‡ด onrc.ro

O'zbekistondagi xususiy agentlik orqali borsangiz, uning litsenziyasini Migratsiya agentligi reyestrida tekshiring: gov.uz โ€” xususiy bandlik agentliklari

To'liq yo'riqnoma โ€” EvropaGo ilovasida

24 davlat bo'yicha bosqichma-bosqich hujjatlar, 70 ta tekshirilgan ish sayti (40 tasi rasmiy portal), har bir saytdan foydalanish qo'llanmasi va xarajatlar kalkulyatori. Bir martalik to'lov 99 000 so'm.

EvropaGo ilovasini ochish โ†’ CV ni biz yozib beramiz: 49 000 so'm

โš ๏ธ Firibgarni qanday tanish mumkin

  • Ish boshlanishidan oldin pul so'raydi (viza, ro'yxatdan o'tish yoki "tezlashtirish" uchun) โ€” rad eting.
  • Vizani "100% kafolatlaydi" โ€” bunday bo'lmaydi, qarorni faqat elchixona qabul qiladi.
  • Ish beruvchi firmaning nomi, manzili va sayti ko'rsatilmaydi โ€” shubhali.
  • Shartnoma tushunarli tilda emas yoki umuman yo'q โ€” rad eting.
  • Pasportingizni o'zida olib qolmoqchi โ€” pasportni faqat elchixona yoki viza markaziga topshiring.

Ko'p beriladigan savollar

Yevropa ish saytlari bepulmi?

Ha. Xorijda ish, Indeed va davlat bandlik portallarida ro'yxatdan o'tish va ariza berish bepul. Sizdan saytga kirish yoki ariza uchun pul so'rashsa โ€” bu firibgarlik belgisi.

Qaysi ish sayti eng ishonchli?

Eng ishonchlisi โ€” davlat saytlari: O'zbekistonda xorijdaish.uz, Yevropada Yevropa Ittifoqining umumiy portali va har davlatning bandlik xizmati portali. To'liq ro'yxat, havolalar va foydalanish qo'llanmasi EvropaGo ilovasida.

Til bilmasdan Yevropada ish topsa bo'ladimi?

Ba'zi sohalarda (qishloq xo'jaligi, ombor, ishlab chiqarish, qurilish) mumkin, lekin ingliz yoki o'sha davlat tilini bilish imkoniyatni ancha oshiradi. Germaniyada ko'p dasturlar nemis tili B1 ni talab qiladi.

Xorijda ish saytida qanday ro'yxatdan o'tiladi?

xorijdaish.uz da ro'yxatdan o'tib, anketani to'ldirasiz va mos vakansiyaga ariza berasiz. Batafsil: evropago.uz/xorijda-ish.

Ish beruvchi viza uchun pul so'rasa nima qilish kerak?

Rad eting. Ish ruxsatnomasini odatda ish beruvchi o'z hisobidan oladi; konsullik yig'imini siz faqat elchixona yoki rasmiy viza markaziga to'laysiz.

Foydali qo'llanmalar

EvropaGo ilovasini ochish