Green Card · DV-2027 · AQSh
DV-2027 lotereyasi bo'yicha eng so'nggi holat, yangi qoidalar va to'g'ri ariza topshirish tartibi. Rasmiy manbalar asosida, oddiy tilda.
DV-2027 ro'yxati 2025 yil kuzida ochilmadi. AQSh Davlat departamenti sanani "imkon bo'lganda e'lon qilamiz" deb, muddatsiz to'xtatib qo'ydi. 14-oktabr 2026 da Kaliforniya sudi lotereyani o'tkazishni buyurdi.
Bu sanalarni sud belgilagan, Davlat departamenti hali tasdiqlamagan. Apellyatsiya natijasiga qarab ular o'zgarishi mumkin. Rasmiy e'lon chiqmaguncha hech qayerda ariza topshirmang va hech kimga pul bermang.
Rasmiy nomi Diversity Visa (DV). AQSh har yili lotereya orqali 55 mingtagacha immigratsion viza beradi. G'olib bo'lgan odam turmush o'rtog'i va 21 yoshgacha bo'lgan farzandlari bilan AQShda doimiy yashash huquqini (Green Card) olishi mumkin.
| Sana | Voqea |
|---|---|
| Dekabr 2025 | Brown universitetidagi otishmadan keyin DV vizalari berish to'xtatildi. Toshkentdagi AQSh elchixonasi tasdiqladi. |
| Yanvar 2026 | 75 davlat, jumladan O'zbekiston fuqarolariga immigratsion viza berish to'xtatildi. |
| 21-avgust 2026 | Sud 75 davlatga qo'yilgan to'xtatishni bekor qildi. |
| 28-avgust 2026 | Sud qarori bilan DV vizalari berish qayta tiklandi. |
1-yanvar 2026 dan 39 davlatga qo'yilgan AQShga kirish taqiqi ro'yxatida O'zbekiston yo'q.
Kafolat yo'q. 1-noyabr sanasini sud belgilagan, hukumat esa apellyatsiya bergan. Rasmiy e'lon travel.state.gov saytida chiqadi, biz ham shu sahifani yangilab boramiz.
Ha, telefon brauzeri orqali ham bo'ladi. Faqat rasm va pasport skani talabga mos fayl bo'lishi va internet barqaror bo'lishi kerak.
Ha, har biringiz alohida ariza topshirasiz va har birida bir-biringizni turmush o'rtog'i sifatida kiritasiz. Kim yutsa, oila birga ketadi.
DV-2028 haqida hali hech qanday rasmiy e'lon yo'q. DV-2027 va DV-2028 alohida dasturlar, sanani har doim arizadagi yil bilan solishtiring.
Green Card'da yutish ehtimoli juda kichik. Kutib o'tirmasdan, Yevropaga ishchi viza bilan ketish yo'lini ham ko'rib chiqing: 24 davlat, kasb, hujjatlar, elchixona va ish beruvchi firmalar.
EvropaGo yo'l xaritasini ko'rishEvropaGo AQSh hukumati bilan bog'liq emas va ariza topshirmaydi. Bu mustaqil ma'lumot sahifasi. Oxirgi yangilanish: 29-oktabr 2026.